Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining xalqaro hamkasblaridan kim bilan “sen”, kim bilan esa “siz” deb gaplashishi haqida ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, ingliz tilida faqat “you”ning mavjudligi bu tilda muloqotni osonlashtiradi, fransuz, nemis va boshqa bir qator tillarda esa “siz” va “sen” shakllari farqlanadi. Putin va uning ko‘plab hamkasblari orasida noformal shaxsiy munosabatlar shakllangan. Masalan, Putin Yaponiya bosh vaziri, Germaniya kansleri, Fransiya prezidenti bilan senlab gaplashadi.

Putinning qayd etishicha, u ba’zi xorijiy mamlakatlar rahbarlariga “siz” deb murojaat qiladi. Masalan, Chexiya prezidenti, chunki uning yoshi Putinning yoshidan katta.

Shuningdek, Rossiya prezidenti ko‘plab davlat rahbarlari bilan ismini aytib muloqot qiladi. Uning fikricha, bunday yondashuv o‘zaro hurmatni bildiradi va u doimo saqlanib qolishi kerak, shu bilan birga, bunday murojaat usuli jiddiy davlatlararo masalalarni hal qilishda qo‘l keluvchi vosita hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Audiosi tarqalgan Oqqo‘rg‘on tumani IIB sobiq xodimi ushlandi
Mahalliy
Yunusobod tumani hokimligi sobiq mansabdori fuqaroni 30 ming dollarga chuv tushirdi
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo kutilmoqda?