2017-yil yakunlariga ko‘ra, “Yunistrim” 224 million rubl (taxminan 28,6 milliard so‘m) miqdorida rekord darajadagi foydaga ega bo‘ldi. Bankning sof daromadlari avvalgi yilga nisbatan 29 foizga o‘sib, 2,1 milliard rubl (268 milliard so‘m)ni tashkil qildi, deb yozadi Spot kompaniya saytiga tayanib.
Xalqaro to‘lov tizimi orqali jo‘natilgan pul o‘tkazmalari hajmi 2017-yilda 15 foizga oshib, 4,2 milliard dollarga yetgan. MDH mamlakatlari va Gruziyaga pul o‘tkazmalari hajmi 19 foizga o‘sgan.
Eng muhim yo‘nalishlar orasidagi eng katta o‘sishlar transchegaraviy o‘tkazmalar bo‘yicha MDH mamlakatlari va Gruziya: Armaniston (+24%), Belarus (+21%), Qirg‘iziston (+43%), O‘zbekiston (+37%), Gruziya (+31%) yo‘nalishlarida qayd etildi.
Nashr eslatishicha, mart oyida “Yunistrim” o‘zbek so‘mida onlayn pul o‘tkazmalarini ishga tushirgan edi.