Fotogalereya: Tarixni yaxshiroq tushunishga yordam beradigan arxeologik topilmalar
Junglidagi tashlandiq ibodatxona yoki piramidadagi sirli xonani topish juda ajoyib, biroq aksariyat topilmalar bunday yirik bo‘lmaydi. Ba’zan kichkina topilmalar ham insoniyat tarixidagi katta bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi. AdMe ana shunday topilmalarga e’tibor qaratdi.
Sezar o‘ldirilgan joy
Antik davr klassik matnlariga asosan, Sezar Senat majlislari o‘tkazilgan Popey binosining kuriyasida fitnachilar tomonidan o‘ldirilgan. 2012-yilda ispaniyalik arxeolog Antonio Monterroso Sezar o‘ldirilgan aniq joyni topdi. Tadqiqiotchilar imperator Oktavian tomonidan Sezar o‘ldirilgan vaqtda taxtda o‘tirgan joyiga o‘rnatilgan beton plitani topgan.
Mamont qoni
2013-yilda rossiyalik tadqiqotchilar Sibirning shimoliy qirg‘og‘idagi orolda urg‘ochi mamontning ko‘krak qismini topgan. Unda yumshoq to‘qimalar va hatto suyuq qon saqlanib qolgan edi. Bu mamontning genini o‘rganishda jiddiy turtki bo‘ldi.
Iso payg‘ambarning muhri
2018-yilda arxeolog Eylat Mazar Isroilda miloddan avvalfi VII asrda yashagan Iso payg‘ambarning muhri topilgani haqida ilmiy maqola chop etdi. Muhrning singanligi sababli aynan Iso payg‘ambarga tegishli ekanligi yuzasidan bahslar boshlangan.
Rim metrosi ostidagi akveduk
Rimda 2017-yil metroning yangi yo‘nalishini qurish vaqtida 2,3 ming yil avval qurilgan qadimgi akveduk qoldiqlariga duch kelindi. Akveduk shahar aholisini kuniga 73 ming kub metr suv bilan ta’minlagan. U vulqon birikmalaridan iborat blokdan qurilgan va uzunligi 16,5 kilometrni tashkil qilgan.
Antarktikada 100 yildan ortiq yotgan keks
Yangi zelandiyalik olimlar Antarktikaga amalga oshirilgan ekspeditsiyalardan birida Huntley & Palmers qandolat firmasining mevali keksini topdi. Tadiqiqotchilar fikricha, u 1912—1913-yillarda amalga oshirilgan Buyuk Britaniya ekspeditsiyasining zaxirasi tarkibiga kirgan. Ko‘rinishdan yeyish mumkinga o‘xshasa ham, olimlar bunday tavakkalga bormagan.
Vezuviy vulqoni otilishida o‘lgan otning qoldiqlari
Pompeyda shahar qoldiqlarida olib borilgan qazilmalar chog‘ida mutaxassislar shahar devorining yaqinida otning qoldiqlarini topdi. U miloddan avvalgi 79-yilda Vezuviy vulqoni otilgan vaqtda o‘lgan va vulqon qatlami ostida qariyb ikki ming yil yotgan.
Izoh (0)