Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasida Ivanka Trampga nisbatan qo‘pol so‘zlarni ishlatgan teleboshlovchi Samanta Bini ishda bo‘shatishga chaqirdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: EPA

Foto: EPA

Ushbu holat TBS kanalidagi shou vaqtida kuzatildi.

Samanta Bi Trampning muhojirlik siyosatini muhokama qilayotgan paytda uning qizi Ivanka Trampga nisbatan haqoratli so‘zlarni qo‘llagan. Shuningdek, Ivankaning otasiga ta’sir o‘tkaza olmasligi ham boshlovchi tomonidan tanqidga uchragan.

Keyinroq, teleboshlovchi va kanal ma’muriyati efirdagi so‘kinish uchun kechirim so‘ragan. Biroq holat bahslar obyektiga aylandi va Donald Trampning ham e’tiborini tortdi.

“Nima uchun ular qobiliyatsiz Samanta Bini past reytingli shousidagi qo‘polligi uchun ishdan bo‘shatmaydi? Mutlaq ikki xil standartlar, biroq mayli, biz eng yaxshimiz hamda uzoq yillar shunday bo‘lib qolamiz”, — deb yozadi Tramp.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi