Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘tgan haftadan Toshkent shahrida bodi-kamerasi (body camera) bor yo‘l-patrul xizmati xodimlari paydo bo‘ldi. Bu yangilik hozircha sinovdan o‘tkazilmoqda. Agar test jarayoni o‘ylanganidan muvaffaqiyatli chiqsa, sentabr oyidan boshlab barcha YPX xodimlarini bodi-kameralar bilan ta’minlashga kirishiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBBda 2-iyun kuni bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida ma’lum qilindi.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Foto: Toshkent shahar IIBB

O‘z navbatida bir guruh odamlar orasida “bodi-kamerasi yo‘q YPX xodimi — noqonuniy”, “bodi-kamerang bo‘lmasa, sen YPX xodimi bilan gaplashmayman”, deb fikrlovchilar paydo bo‘lgan. Buni hozirgi vaqtda ijtimoiy tarmoqlarni diqqat bilan kuzatib borayotgan Toshkent shahar IIBBdagilar ham payqashgan.

Toshkent shahar IIBB vakillari alohida qayd etib o‘tdi — bodi-kameralar hozircha sinovdan o‘tkazilmoqda; YPX xodimida bodi-kamera bo‘lishi shart degan rasmiy norma hozircha qonunchilikka kiritilmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada deputatlar davlat budjeti muhokamasida mushtlashdi (video)
Mahalliy
Namangandagi ko‘mir mashmashasi: aholi uchun ko‘mir sotib olish — ovoragarchilik, rahbarlar esa ko‘mirga talab uning sifati yaxshiligidan demoqda (video)
Mahalliy
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman — suratlarda