Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumanidagi Tirsakobod mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bu mahallada 9 ko‘p qavatli va 864 hovli uylar joylashgan. 5 ming 200 dan ortiq aholi istiqomat qiladi.

Davlat rahbarining 2017-yil 3-fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq mazkur mahallada ham katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Yo‘llar va uy-joylar ta’mirlanib, ijtimoiy obyektlar barpo etilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev mahalla hayoti bilan tanishdi, faollar bilan muloqot qildi.

Mamlakatning barcha shaharlarida zamonaviy mahalla markazlari bunyod etish, aholi tinchligi va farovonligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.