28-may kuni Kanadaning Kvebek shahrida yashovchi Twitter ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchisi 2017-yilda duch kelib qolgan mushugining rasmini tarmoqqa joylashtirgan. Foydalanuvchi ushbu mushukni “mushakdor” deb atagan bo‘lsa, tarmoqning boshqa foydalanuvchilari uni “Arnold Kotnegger” va “Murriminator” deya atay boshlangan. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Bir necha kun ichida “mushakdor-mushuk” ijtimoiy tarmoq “yulduzi”ga aylandi.
“Bu juda noyob hodisa. Dunyoda asosan sigirlarda va kuchuklarda uchraydigan o‘ziga xos genetik mutatsiya uchraydi, biroq mushuklarda — hech qachon. Balki bu — birinchisidir”, — deb yozadi veterinar Den Smit.
Mushakdor mushukning muxlislari uning suratini Photoshop yordamida o‘zgartirib, uni ijtimoiy tarmoqlarda tarqata boshlashdi.
Izoh (0)