Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

24-mayning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

Foto: Xalqaro press-klub

Foto: Xalqaro press-klub

1. Tramp Kim Chen In bilan uchrashishdan bosh tortdi. AQSh prezidenti 12-iyunga mo‘ljallangan uchrashuv bekor qilinishini Shimoliy Koreya tomonidan namoyish etilgan “ochiq dushmanlik” bilan tushuntirdi.

2. Reuters: O‘zbekiston hozir o‘zining “buzilgan” iqtisodiyotini qayta qurishi zarur. Ekspertlarning qayd etishicha, so‘m deyarli ikki barobarga devalvatsiya qilinishi natijasida kuzatilgan valyuta liberalizatsiyasi ko‘plab kompaniyalarga ta’sir ko‘rsatdi.

3. Samarqand viloyatida joriy yilning dastlabki uch oyda 91 kishi o‘z joniga qasd qilgan. Aytishlaricha, inson o‘limi bilan yo‘l-transport hodisalari soni ham o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10 taga ko‘paygan.

4. O‘zbekistonda yagona maktab formasi iyul oyidan sotila boshlaydi. 2018-yilning mart—may oylarida 10 xildagi namunaviy maktab formalari tajriba-sinovdan o‘tkazildi.

5. O‘zbekistonda “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi. Xabar berishlaricha, O‘zbekistonda Yo‘l harakati qoidalari yengil va yuk mashinalariga kunduzgi yurish chiroqlaridan majburiy foydalanish talabi bilan to‘ldirildi. Biroq shahar va qishloqlarda transport harakatining cheklangan eng yuqori tezligini pasaytirish taklifi tasdiqlanmadi.

6. Payariqdagi bu bino omborxona emas. Unda 35 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Namanganning Pop tumanidagi bir guruh o‘quvchilar esa “vagon-maktab”da tahsil olishi ma’lum bo‘lgan edi. Qashqadaryodagi maktablar haqida-ku gapirmaymiz.

7. Toshkentda piyodalar yo‘lagida keksa kishiga yo‘l bermagan 15 nafar haydovchining barchasi jarimaga tortildi. Aytmoqchi, endi O‘zbekistonda videoregistratorlarga yo‘l qoidasi buzilishlarining yozilishi rag‘batlantiriladi.

8. Toshkentda Central Park bog‘i ochiladi. Sobiq Mirzo Ulug‘bek nomidagi bog‘ o‘rnida. Bu bog‘ni odamlar avvallari sobiq Telman nomidagi park deb tanishtirardi.

9. O‘zbekistonlik dasturchilar 15 daqiqa ichida bankomatni “buzib” xalqaro tanlovda 3-o‘rinni egalladi. Bu sarlavhaga biror izohning o‘zi ortiqcha!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi