Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Elektron tijoratda tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi soddalashtiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ilovasida nazarda tutilgan, deb xabar beradi Spot.

Foto: “Importim”

Foto: “Importim”

Joriy yil oxiriga qadar elektron tijorat hujjatlarida yuk hujjatlari rasmiylashtiruvini soddalashtiradigan tartib ishlab chiqiladi va tatbiq etiladi.

Xususan, elektron savdo orqali xarid qilinadigan va sotiladigan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi hamda deklaratsiyalash tartibi soddalashadi. Shuningdek, bu eksport yoki import qilingan mahsulotlar uchun ham amal qiladi.

Tegishli hujjat 2019-yil 1-yanvargacha tayyor bo‘lishi kerak. Unga Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mas’ul etib belgilandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya lirasi yana rekord darajada tushib ketdi
Mahalliy
Buxoroda ayol yuk poyezdi ostida qoldi. U o‘z joniga qasd qilgan
Mahalliy
O‘zbekiston Xitoyga qovun qoqi va loviya eksport qiladi