Jizzax viloyatidagi Zomin suv ombori va chiqish kanalida mikroGES qurilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Xitoyning “Dongfang Electric International Corporation” kompaniyasi bilan uskunalar yetkazib berish borasida 312 ming dollarlik shartnoma imzolangan.
Loyiha “Gidroproyekt” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ishlab chiqilgan. Qurilishni “O‘zbekgidroenergo” jamiyati tizimidagi “Maxsusgidroenergomontaj” korxonasi olib bormoqda.
MikroGES joriy yilning 1-avgustiga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Esltatib o‘tamiz, 30—31-mart kunlari Prezident Jizzax viloyatiga tashrifi davomida mikroGES loyihasi bilan tanishgan.
Izoh (0)