TravelAsk yer aholisining taxminan 80 foizi ishtirok etgan Ikkinchi jahon urushining so‘nggi kunlari tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi.
“Vayronaga aylangan uyim”
Ushbu surat Nagasakidagi gospitalda ishlagan shifokor tomonidan olingan. Shaharda portash sodir bo‘lganida u shifoxonadan uyiga yugurgan. Biroq u yetib kelganida uy vayronaga aylanib ulgurgan edi. Shifokor esa bir necha daqiqadan so‘ng vafot etgan.
Ordruf konslagerining ozod etilishi
Amerika harbiylari tomonidan ozod etilgan ilk konsentratsion lager. “O‘lim lageri”ga askarlar Duayt Eyzenxauer boshligida kirgan. U vaqtlarda Eyzenxauer harbiy general bo‘lgan, keyinchalik esa AQSh prezidentiga aylangan.
Yaponlar kapitulyatsiyani sharmandalik deya qabul qilgan
Suratda Yaponiyadagi qishloqlardan biri tasvirlangan bo‘lib, aholi taslim bo‘lishga qaror qilgan hukumatdan norozi holda yig‘lamoqda.
Maxfiy yer osti zavodi
Amerikalik 1945-yilda Germaniyaning Tartumesidagi shaxtani o‘rganish vaqtida maxfiy fabrikaga duch kelgan. Bu yerda qurollar, shuningdek, He-162 samolyotlari to‘plangan bo‘lgan.
Ittifoqdoshlar uchrashuvi
Amerikalik va Sobiq ittifoq armiyasining 1945-yil 25-aprel Elbadagi uchrashuvi.
Nemis asirlari
Urush oxirida nemislar ommaviy ravishda taslim bo‘lishni boshlagan va ularni joylashtirishda muammolar yuzaga kelgan.
“Xalqlar urushi” haykali yonida
Ushbu haykal 1913-yilda, Napoleon bilan bo‘lib o‘tgan urushning yuz yilligi munosabati bilan Leypsigga o‘rnatilgan. Germaniya fashistlari bu yerda turli paradlarni nishonlagan.
Sobiq ittifoq askarlari vayronaga aylangan Berlinga o‘z bayrog‘ini o‘rnatmoqda
Qizil maydonda G‘alaba paradi
Vayron bo‘lgan Berlinning rangli surati
Izoh (0)