Chilonzor tuman hokimligida Xalq deputatlari Toshkent shahar hamda Chilonzor tuman kengashi deputatlar guruhining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Dastlab Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi tomonidan yong‘in xavfsizligi choralarini ko‘rish yuzasidan tadbirkorlik subyektlari bilan olib borilayotgan ishlar xususida axborot berildi.
Unga ko‘ra, Nazorat qiluvchi organlar tomonidan 2018-yilda xo‘jalik yurituvchi subyektlarda o‘tkaziladigan tekshiruvlar reja-jadvali asosida 166 ta tadbirkorlik subyektlarining yong‘inga qarshi holati tekshirildi. Unda jami 2279 ta yong‘inga qarshi kamchiliklar aniqlandi. 149 tadbirkorlik subyektlarida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha javobgar shaxslarga nisbatan umumiy miqdorda 26187000 ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.
Shuningdek, Toshkent shahrida joylashgan tadbirkorlik subyektlarida yong‘inning oldini olish profilaktik tadbirlari, “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun asosida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.
Tadbirda joriy yilda umumiy hajmi 2 milliard 378 million so‘mdan ortiq budjet mablag‘i ajratilishi va mahalliy budjetga sarflanishi haqida ma’lumot berildi. Toshkent shahri bo‘yicha 2018-yil uchun ajratilgan budjet mablag‘laridan 924242000 so‘mi maorif xarajatlariga sarflanishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)