Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 1-may kuni milliy parlament tarixida ilk bor “Hukumat soati” o‘tkazildi. Bu haqda palata axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Qonunchilik palatasi axborot xizmati

Foto: Qonunchilik palatasi axborot xizmati

“Hukumat soati”ga “Respublika aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishida hamda ichimlik suvini tejamkorlik bilan ishlatishda olib borilayotgan ishlar”, shuningdek, “Aholini va tibbiyot muassasalarini arzon va sifatli dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash, ayniqsa, joylarda ijtimoiy dorixonalarni tashkil etish holatlari” to‘g‘risidagi masalalar kiritildi.

Ushbu masalalar yuzasidan deputatlarga axborot va ularning savollariga atroflicha javob berish uchun Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklari mutasaddi rahbarlari taklif etildi.

Tadbir davomida hukumat vakillari deputatlar tomonidan qo‘yilgan masalalar yuzasidan ma’lumot berib, ularning qo‘shimcha ravishda bergan savollariga batafsil javob qaytardi.

— Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 12-iyulda “Hukumat soati” institutini joriy etish haqida o‘z tavsiyalarini bergan edi, — deydi ekspert Ixtiyor Bekov. — Qonunchilik palatasida “Hukumat soati”ning o‘tkazilishi Harakatlar strategiyasida belgilangan jamiyatda parlamentning rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amaldagi ifodasi hisoblanadi. Tadbirning ahamiyatidan kelib chiqib, uning samarali o‘tganini ta’kidlash lozim. Mazkur institut hukumatning parlament bilan munosabatlardagi mas’uliyatini oshirib, joylarda to‘planib qolgan, aholini o‘ylantirayotgan masalalarni hal etishga xizmat qiladi.

Tadbir so‘ngida Qonunchilik palatasi qo‘mitalariga ushbu sohalardagi amaldagi qonun hujjatlarini va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish tavsiya etildi. Shu bilan birga, mazkur yo‘nalishdagi ishlar yuzasidan samarali parlament nazoratini ta’minlashga kelishib olindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?