Oldinroq O‘zbekistonda 2018-yil budjetiga muvofiq tamaki mahsulotlari narxi 50 foizga oshishi haqida xabar berilgan edi. Moliya vazirligi mazkur masalada bayonot bilan chiqib, ushbu ma’lum haqiqatga mos kelmasligini bildirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Daryo.uz” va Sputnik sahifalarida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar sahifalarida chop etilgan “O‘zbekistonda tamaki mahsulotlari narxi 50 foizga oshadi” ma’lumotini o‘qib chiqib, ma’lum qiladi.2018-yil uchun aksiz solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabridagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat Budjetining 2018-yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkich va parametrlari prognozi to‘g‘risida”gi qarori asosida belgilangan bo‘lib, aprelda qayta ko‘rib chiqilmaga.
Aksiz markalarining oshishi 2018-yil 1-yanvar kuni amalga oshirilgan edi, ular mutloq summada o‘rnatilgani munosabati bilan ular qaytadan oshirilishi haqidagi axborot to‘g‘ri emas.
Izoh (0)