Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Avval xabar berilganidek, bugun, 29-aprel sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 9-tur bahslari boshlandi.​

Foto: “Championat.asia”

Foto: “Championat.asia”

Turning dastlabki o‘yini Bekobodda bo‘lib o‘tdi. Unda mezbon “Metallurg” “Buxoro”ga qarshi maydonga tushdi. O‘yinning 48-daqiqasida Shavkat Salomov buxoroliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo bekobodlik ikki daqiqa oralig‘ida ikki gol urib, g‘alabani o‘z tomoniga og‘dira oldi. Gollar muallifi esa Zohid Abdullayev hamda Zabihillo O‘rinboyev bo‘ldi.

Ikkinchi o‘yin vodiyda “Navbahor” hamda “Neftchi” o‘rtasida kechdi. Bellashuv tomonlarning 1:1 hisobidagi durangi bilan yakunlandi. “Neftchi” safida Xurshid Asqaraliyev 69-daqiqada gol kiritgan bo‘lsa, mezbon “Navbahor” jamoasi safida Sardor Sulaymonov 84-daqiqada jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Turning markaziy o‘yini “Lokomotiv” va “Paxtakor” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda hisob ochilmadi. Shu tariqa tomonlar durangga rozi bo‘ldi.

9-tur uchrashuvlari ertaga yakunlanadi.

Pepsi Superliga

9-tur bellashuvlari

29-aprel, yakshanba

“Metallurg” – “Buxoro” 2:1

Gollar: 0:1 — 48 Shavkat Salomov, 1:1 — 56 Zohid Abdullayev, 2:1 — 58 Zabihillo O‘rinboyev​

“Navbahor” – “Neftchi” 1:1

Gollar: 0:1 — 69 Xurshid Asqaraliyev. 1:1 — 84 Sardor Sulaymonov.​

“Lokomotiv” – “Paxtakor” 0:0

“Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov, Oleg Zoteyev, Kaxi Maxaradze, Islom To‘xtaxo‘jayev, Igor Yelich, Ikrom Aliboyev, Sadriddin Abdullayev (Diyorjon Turopov, 66), Sardor Mirzayev (Boburbek Yo‘ldoshev, 83), Sardor Rashidov (Husniddin G‘ofurov, 77), Sanjar Shoahmedov, Marat Bikmayev

“Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Vladimir Kozak, Sherzod A’zamov, Marko Simich (s), Akmal Shorahmedov, Azim Ahmedov (Rostin Griffits, 78), Dilshod Rahmatullayev, Bahrom Abdurahimov (Jasurbek Yaxshiboyev, 82), Jaloliddin Masharipov, Tiago Bezerra, Ismoil Gonsalvesh

Ogohlantirishlar: Sadriddin Abdullayev 48, Diyorjon Turopov 67, Marat Bikmayev 81, Oleg Zoteyev 85.

30-aprel, dushanba

“Qizilqum” – AGMK 18:00

“Qo‘qon-1912” – “Bunyodkor” 18:00

“Nasaf” – “So‘g‘diyona” 20:00

Skrinshot: “Championat.asia”

Skrinshot: “Championat.asia”

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Greta Tunberg to‘rtinchi bor tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod bo‘ldi
Mahalliy
Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Dunyo
Sovuq urushni rasman yakunlagan Bush va Yelsin, Fransiyaga qochib ketgan mashhur rejissor — Roman Polanski va “Buyuk golland toshqini”. Kun xronologiyasida 1-fevra...