Fotogalereya: Noodatiy tarzda vafot etgan hukmdorlar
Agar eng noodatiy o‘lim uchun mukofot berilganida, quyidagi olti hukmdor ehtimol uni olgan bo‘lardi. TravelAsk noodatiy tarzda o‘lim topgan hukmdorlar haqida hikoya qildi.
Ispaniya qiroli Filipp III
Filipp III tartibni juda yoqtiradigan qirol bo‘lgani uchun har bir ishni qilishga ma’lum bir odamni biriktirgan, boshqa kishi bu ishni qilishi mumkin bo‘lmagan. U olov yonayotgan pech oldidagi o‘rindiqda uxlab qolgan. Tasodifan unga pechdan olov uchquni otilgan va u yona boshlagan. Xizmatkorlar uning o‘rindig‘ini surishga haqli kishini izlab topguncha qirol yonib ketgan.
Fransiya qiroli Karl VIII
Karl VIII 28 yoshida eshik romiga urilib ketgan va shundan keyin komaga tushgan. Hukmdor hodisadan to‘qqiz soat o‘tib, vafot etgan.
Jorj Vashington, AQSh prezidenti
Jorj Vashington 67 yoshida o‘z mulkini otda aylanib yurgan vaqtda qor va yomg‘ir ostida qolib ketgan va shamollagan. Yaqinlari uni davolatish uchun bir nechta shifokorni chaqirgan. O‘sha vaqtda davolashning asosiy usuli qon quyish va xlorli eritma bilan tozalash bo‘lgan. Har bir shifokor kelib qon quyganida, bu prezidentning sog‘lig‘iga yomon ta’sir qilgan va u bunday davolashdan vafot etgan.
Gretsiya qiroli Aleksandr I
Aleksandr I o‘z iti bilan saroyining bog‘ida sayr qilib yurganda uning itiga maymun tashlangan. Qirol itini himoya qilish uchun hayvonlarni ajratishga uringan. Maymun esa qirolning oyog‘idan tishlab olgan. Yara yaxshi tozalanmagan va qirol buning oqibatida vafot etgan.
Rim imperatori Fridrix I Barbarossa
Imperator urushga ketayotgan vaqtda unga hujum uyushtirilgan. U olg‘a yurgan va yo‘lida tez oqar daryoga duch kelgan. 68 yoshida ham kuchli bo‘lgan imperator daryodan o‘tish vaqtida otdan yiqilgan va daryo uni oqizib ketgan. Uning qurol-yarog‘i og‘ir bo‘lgani uchun suzib chiqa olmagan va suvga bo‘kib o‘lgan.
Aragon qiroli Martin Gumanniy
Aragon qiroli Martin Gumanniy hazillarni yoqtirgan. Kunlardan birida kechki ovqatga g‘oz yegan qirolga hajvchi anjirga o‘g‘rilikka tushgan kiyikning dumi bilan daraxtga osilib qolgani haqida aytib bergan. Qirol shunchalik kuchli kulganki, uning oshqozoni bir vaqtning o‘zida kulgidan va g‘ozdan tushgan og‘irlikni ko‘tara olmay, yorilib ketgan.
Izoh (0)