Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Davlat xavfsizlik xizmati qalbaki pullarni Toshkent viloyati va poytaxt aholisi o‘rtasida muomalaga kiritgan jinoiy guruh faoliyatini fosh etdi, deb xabar beradi UzNews.

Foto: UzNews

Foto: UzNews

Jinoiy guruh a’zolari Tohir Madaminov, Tursun Muhammadsharipov, Muzaffar Tojiboyev va Davron Rahimovlar 50 ming so‘mlik kupyurani qalbakilashtirish bilan shug‘ullangan.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda “Bektemir” postida umumiy qiymati to‘rt million to‘qqiz yuz ming so‘m bo‘lgan qalbaki 50 ming so‘mlik kupyuralarni Bo‘ka tumaniga olib o‘tishga uringan paytida fuqaro Muhammadsharipov qo‘lga olingan.

Keyinroq uning sheriklari ham qo‘lga olingan. Jinoiy guruh a’zolari dastlabki bosqichda tajriba tariqasida 30 million so‘m miqdorida qalbaki 50 ming so‘mliklarni ishlab chiqargan va dehqon bozorlarida muomalaga kiritgan. Tohir Madaminov muqaddam ayni shu jinoyatni sodir etgani uchun javobgarlikka tortilgan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikaliklar “Qora juma”da onlayn xaridlarga rekord darajada ko‘p pul sarfladi
Mahalliy
Farg‘onada ayol o‘zini IIB binosi oldida yoqib yubormoqchi bo‘ldi
Mahalliy
Toshkentda madaniyat uyi yongani rad etildi. U yerda xodimlar shashlik pishirish uchun ko‘mir yoqqan (video)