Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Har bir uy bekasi kiyim-kechaklarga sifatli qarash – bu nafaqat tozalik haqida qayg‘urish, balki eng yaqin odamlar sog‘lig‘ining kafolati ekanini tushunadi. Har kuni kiyimimizda ko‘plab bakteriyalar va chang zarralari joylashadi, bu bizning nafas olish organlarimiz va teri holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, organizmda allergik reaksiyalar kabi turli muammolarga olib keladi. LG F2J9HS2S po‘lat va LG F2J9HS2W oq rangdagi innovatsion kir yuvish mashinalari – har kunlik maishiy ishlarga samarali va aqlli yechimlarni taklif etadi.

Bu TrueSteam bug‘ funksiyasi va TurboWash tez yuvish texnologiyasiga ega foydalanishda oddiy, tor kir yuvish mashinasi bo‘lib, uni ishlatish qulay. Iste’molchi ehtiyojlariga yo‘naltirilgan yangi texnologiyalar oddiy maishiy texnika kabi ko‘rinishi va ishlashi lozim. Ergonomik dizayn esa sizga yangi yordamchingizni hatto eng kichik xonaga joylashtirish imkonini beradi. Kir yuvish mashinasining uyingizga mos tushadigan rangini tanlang. 7 kilogrammgacha bo‘lgan yuklama sizga hatto katta o‘lchamli narsalar - pardalar yoki qishki kurtkalarni yuvish imkonini beradi.

True Steam: Hamma gap bug‘da!

Yuvish paytida, issiq bug‘ va suv aralashib, matoga ehtiyotkorlik bilan va yengil ta’sir ko‘rsatadi hamda yuvuvchi vositalar qoldiqlari, chang va kir zarrachalarini butunlay yo‘qotadi. Bug‘ tufayli, barabanda doimiy harorat saqlanib turadi, shuning uchun jarayonda 99 foizga yaqin allergen moddalar yo‘q qilinadi. Bu funksiya, ayniqsa, bahorgi vaqtda dolzarb, bunda allergenlar soni ortadi. Ular kiyimga o‘rnashadi, uyga kiradi, salomatligimizga salbiy ta’sir qiladi. True Steam funksiyasiga ega kir yuvish mashinalari sog‘lom muhitni ta’minlab, ularga qarshi samarali kurashadi. “Yangilash” maxsus rejimidan foydalanib esa, siz nafaqat yoqimsiz hidlarni yo‘q qilasiz, balki suv va yuvish vositalarisiz ham eng kichik ingichka burmalarni ham tekislay olasiz. Atigi yigirma daqiqa, hech qanday dazmol urishsiz – narsalaringiz foydalanish uchun tayyor!

Tez va ehtiyotkorlik bilan yuvadi!

Dam olish kunlarida vaqtni uy yumushlariga sarflashni ko‘pchilik xohlamaydi! TurboWash funksiyasi tufayli siz kiyimga qarash uchun sarflangan vaqtni sezilarli darajada kamaytirasiz. Standart yuvish sikli bir soatdan kamroq vaqt talab qiladi. Yuqori bosim ostida kuchli suv purkagichlar dush effektini beradi, bu yuvish samaradorligini oshiradi. Aylanish imkoniyatlarining keng variantlar to‘plami esa nafaqat turli xil matolarni yuvish, balki har xil ifloslantiruvchi narsalarni ham yo‘qotish imkonini beradi. Kir yuvishning olti algoritmi yuvuvchi vositani tezroq eritish, kiyimni, uning miqdoriga qaramay, bir xilda qayta ishlash, shuningdek, kam shovqin darajasi bilan ta’minlaydi va kiyimdagi turli joylarni tekislaydi. Shunchaki kir yuvish rejimini tanlang — kir yuvish mashinasining o‘zi zarur harakatlar birlashmasini belgilab beradi.

Ajoyib sifat!

Kir yuvish mashinasi barabani to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatmali invertorli motor bilan ishlaydi, bu qurilma ishlayotgan paytida muttasil sukunatni ta’minlaydi. An’anaviy uzatmali shkiv va uzatish kamaridan voz kechish tufayli tebranishlar kamayadi, demak, mashina ishdan chiqishga kamroq moyil bo‘ladi. Aynan shuning LG Electronics kompaniyasi kir yuvish mashinalari motori ishi uchun 10 yil kafolat beradi.

LG Electronics kompaniyasi texnikasiga servis xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha LG mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling: 0-800 120-22-22. O‘zbekiston fuqarolari uchun ushbu raqamga qo‘ng‘iroq bepul. Muhim: raqam to‘liq terilishi kerak.

LG F2J9HS2S (po‘lat rangdagi) va LG F2J9HS2W (oq rangdagi) kir yuvish mashinasini “Fleshka” texnobozori (sobiq “Malika”) do‘konlarida, “Ipak Yo‘li” bozori (sobiq “Abu-Saxiy”), MEDIAPARK, Credit Asia, Texnomart do‘konlar tarmog‘ida, shuningdek, LG’ning Next SKMdagi maxsus do‘konida xarid qilish mumkin. Yoki 143-00-03 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali.

LG Electronics kompaniyasi yangiliklarini https://lgblog.uz/ saytida yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda kuzatib boring.

Facebook: https://www.facebook.com/LGUzbekistan/

Instagram: https://www.instagram.com/LGUzbekistan/

Reklama huquqi asosida!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindlar tomonidan vayron qilingan Bobur masjidi, Monrealdagi politexnika institutidagi qizlarning o‘ldirilishi va Moskvada portlovchi moddalar ortilgan vagon halok...
Dunyo
Rossiya Ukrainaga 70 ta raketa bilan zarbalar berdi, to‘rt kishi halok bo‘ldi
Mahalliy
Farg‘onada profilaktika inspektori o‘zini otib qo‘ydi