23-apreldan 4-mayga qadar Xalqaro valyuta jamg‘armasi Statistika departamenti O‘zbekistonda ishchi missiya o‘tkazadi. Missiyaga departament real sektor bo‘limi iqtisodiyotchisi Levan Gogoberishvili boshchilik qilmoqda, deb xabar beradi UzDaily.
Missiyaning asosiy maqsadi O‘zbekistondagi milliy hisoblarning bugungi ahvoli bilan tanishish, uning ishini yanada takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejasini tuzish, Davlat statistika qo‘mitasi mas’ul xodimlari uchun o‘quv mashg‘ulotlarini tashkillashtirishdir.
Bundan tashqari, missiya faoliyati vaqtida vazirlik va idoralar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)