Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiya poytaxtida ishbilarmon kishilarning EcoAvrasya jamoatchilik birlashmasi tomonidan ta’sis etilgan “Yevroosiyo oldidagi xizmatlari uchun” mukofotining dastlabki laureatlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Marosimda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning mafkura bo‘yicha maslahatchisi Yolchin Topchi, fan, sanoat va texnologiyalar vaziri Faruk Ozli, Turkiya parlamenti a’zolari, xorijiy davlatlar, Anqarada akkreditatsiyadan o‘tkazilgan diplomatik missiyalar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbirga EcoAvrasya raisi Hikmet Eren moderatorlik qildi. U o‘z nutqida qayd etib o‘tganidek, mazkur birlashma 2012-yildan buyon “Turk xalqlari oldidagi xizmatlari uchun” tanlovini o‘tkazib keladi. Unda mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shgan taniqli siyosatchilar, iqtisodiyot vakillari mukofotlanib kelinadi.

“Yevroosiyo oldidagi xizmatlari uchun” tanlovi esa ilk bor ta’sis etildi. Mazkur yuksak mukofot taqdim etilishi Yevroosiyo mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro foydali munosabatlarni ravnaq toptirishga sezilarli hissa qo‘shgan shaxslar va institutlarga ko‘rsatilgan hurmat-ehtirom namunasi hisoblanadi.

EcoAvrasya boshqaruvi kengashi “Yevroosiyo oldidagi xizmatlari uchun” tanlovining asosiy nominatsiyasi g‘olibligi uchun turli nomzodlarni o‘rganib chiqdi va uni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga berishga qaror qildi. Bu boradagi qaror bir ovozdan qabul qilindi. Yuksak mukofot davlat rahbari tomonidan mamlakatda amalga oshirilayotgan va nafaqat respublika, balki keng mintaqani o‘zgartirayotgan, iqtisodiy aloqalarni faollashtirishning asosiy omiliga aylangan chuqur hamda jadal islohotlar uchun berildi.

X. Eren O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari va Afg‘oniston, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya bilan o‘zaro aloqalarda misli ko‘rilmagan o‘sishga erishganini alohida e’tirof etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, komissiya a’zolari O‘zbekistonda mazkur yo‘nalishda qo‘yilayotgan tarixiy qadamlarni zavq-shavq bilan kuzatib bordi va birinchi mukofotni ushbu davlat yetakchisiga topshirishga ahd qildi.

Ushbu tashkilot boshqaruvi kengashi va uning barcha a’zolari nomidan X.Eren O‘zbekistonning Turkiyadagi Favqulodda va muxtor elchisini sahnaga chaqirdi hamda mukofotni davlat rahbariga butun Yevroosiyo jamoatchiligi oldidagi tarixiy xizmatlari belgisi sifatida topshirishni so‘ragan holda tantanali ravishda taqdim etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Dunyo
“Sirli odam” — Murali Lal Jalanning Minerva City bo‘yicha intervyusi bahslarga sabab bo‘lmoqda. Lal Jalan aslida kim?
Sport
Bobur Abduxoliqov Belarusda mavsumning eng yaxshi to‘purari va eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega chiqdi