25-aprel kuni O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi. Bu haqda O‘zA ma’lumot keltirdi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 5–10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12–17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13–15, kunduzi 20–22 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Kechasi 7–12, kunduzi 17–22 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Kechasi 7–12, kunduzi 20–25 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi,ayrim joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 15–20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10–15, kunduzi 18–23 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 15–20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13–18, kunduzi 20–25 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 15–20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 13–18 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 15–20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7–12,kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh (0)