Yaponiya va AQSh hozirgi vaqtda BMT Xavfsizlik kengashi huzurida KXDRdagi yadroviy qurolsizlanish jarayonini nazorat qilishi mumkin bo‘lgan qo‘mitani tashkil etish g‘oyasini o‘rganmoqda. Bu haqda 20-aprel, juma kuni Asahi gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Ikki mamlakat hukumatlari fikricha, bu choralar yadro qurolini yo‘q qilish to‘liq hajmda amalga oshirilishi uchun zarur. Chunki bu masaladagi turli kelishuvlarga qaramasdan, xalqaro hamjamiyatning bundan avvalgi urinishlari muvaffaqiyatga erishmagan.
Asahi Suriya fonida AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiyaning Rossiya bilan munosabatlarida keskinlik yuzaga kelgan joriy shart-sharoitlarda BMT XK huzuridagi yadroviy qurolsizlantirish bo‘yicha qo‘mitaga Amerika tomoni boshchilik qilsa, uning samarali faoliyatini ta’minlash qiyin kechishini ta’kidlaydi.
Izoh (0)