Shavkat Mirziyoyev 20-aprel kuni Migel Mario Dias-Kanelni Kuba Davlat Kengashi va Vazirlar Kengashining raisi lavozimiga saylangani munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Raul Kastro Kuba rahbarligidan ketganidan so‘ng uning o‘rnini Migel Dias-Kanel egalladi.