Pentagon vakili Suriyada AQSh qo‘llab-quvvatlovchi qurollangan muxolifatchilar 2001-yilning 11-sentabridagi teraktlar bilan aloqador kishini qo‘lga olganligini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi, deb yozadi “RBK”.
Avvalroq ekstremistning qo‘lga olinganligi haqida kurd komandiriga tayanib, Al-Arabiya xabar bergan edi.
“Asli kelib chiqishi suriyalik bo‘lgan Germaniya fuqarosi Muhammad Haydar Zammar bir oydan ko‘proq vaqt avval Suriya Demokratik kuchlari tomonidan IShIDga qarshi operatsiya davomida qo‘lga olinganligini tasdiqlaymiz”, — dedi u.
Uning so‘zlariga qaraganda, qolgan tafsilotlar muxolifat vakillaridan olinadi.
11-sentabr terakti vaziyatlarini o‘rganish bo‘yicha kongress komissiyasi hisobotida Zammar 2001-yilning 11-sentabrida samolyotlarni egallagan terrorchilarga mablag‘ o‘tkazishda ayblanayotgan Ramzi Binalshibga ta’sir ko‘rsatganligi ma’lum qilinadi.
Izoh (0)