Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyalik harbiylar Suriyaning Duma shahrida jangarilarga tegishli kimyoviy qurol ishlab chiqarish laboratoriyasini topdi. Bu haqda Rossiyaning Suriyadagi radiatsiya, kimyoviy va biologik himoya qo‘shinlari vakili Aleksandr Rodionov “Rossiya 24” efirida ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Uning so‘zlariga qaraganda, Kimyoviy qurolni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiya tomonidan nazorat qilinuvchi moddalar ombori ham topilgan. Ular orasidan shahardagi kimyoviy hujum haqidagi xabarlardan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan suratlarda aks etganga o‘xshash xlorli ballon ham topilgan.

“Oltingugurtli va azotli iprit olish uchun zarur bo‘lgan tiodiglikol, dietanolamin kabi moddalar topilgan… Mazkur laboratoriya qurollangan noqonuniy tuzilmalar tomonidan zaharlovchi moddalar ishlab chiqarish uchun foydalanilgan degan xulosaga kelish mumkin”, — deydi Rodionov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun 20 trln soʻm kredit ajratiladi
Mahalliy
O‘zbekistonda energetika tizimida qayta tiklanuvchi energiya salohiyatiga tayaniladi
Mahalliy
Abduqodir Mo‘minov tovlamachilik va firibgarlikda ayblanmoqda