Telegram asoschisi Pavel Durov messenjer Rossiyada bloklanganidan so‘ng taqiqni chetlab o‘tishga ko‘mak beradigan VPN-servislarga grantlar ajratishga va’da berdi. Bu hadqa “RIA Novosti” yozmoqda.
Aytilishicha, grantlar bitkoinlarda to‘lab boriladi.
“Men proxy va VPN ma’murlariga bitkoin-grantlar to‘lashni boshladim. Yil davomida bu maqsadga shaxsiy mablag‘imdan millionlab dollar sarflashdan mamnun bo‘laman”, — deb yozdi u “VKontakte”dagi sahifasida.
Shuningdek, u Telegram’ning Rossiyadagi foydalanuvchilari soni uncha ko‘p bo‘lmasa ham, bu bozor unga “shaxsiy sabablar” tufayli muhimligini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)