Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 18-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 5–10 metr tezlikda esadi. Kechasi 7–9, kunduzi 15–17 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3–8, kunduzi 15–20 daraja, Ustyurtda kechasi 0–5, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3–8, kunduzi 13–18 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5–10, kunduzi 13–18 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, Surxondaryo viloyatida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5–10, kunduzi 13–18 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7–12, kunduzi 12–17 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. Toshkent viloyatining 2100 metrdan baland hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 2–7 daraja iliq bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikalik milliarderning terrorchiga aylangan nabirasi, Atlantikada to‘qnashib ketgan ikki suv osti kemasi va AQSHning birinchi prezidentiga aylangan Vashington.
Dunyo
Fransiyada poyezdda ketayotgan yigit o‘zini portlatib yuborish bilan tahdid qildi
Sport
“Barselona” MLS vakilini ro‘yxatdan o‘tkazishda 18 soniya kech qolgan