Sayohat qilishga, kitob o‘qish kabi qancha ko‘p mablag‘ sarflasangiz, shuncha ko‘p esdalik, quvonch, ilhom, bilim va yangi-yangi g‘oyalar bilan boyishingiz mumkinligini hammamiz yaxshi bilamiz. Buni Murad Buildings asoschisi Murod Nazarovning o‘z oilasi bilan Italiya mamlakatiga sayohati misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Italiya muhiti oilaga shu qadar manzur bo‘ldiki, ilhomlanib, ular shu singari o‘ziga xos muhitni jonajon Toshkentda yaratishni juda xohlashdi. Bu ezgu niyat oilaviy baxt onlarini eslatgani tufayli, boshqa insonlarga ham baxt hissini ulashish maqsadida, yangi loyihani “Baxt” — Felicita deb nomlashga ahd qilindi.
Poytaxt markazida qad rostlagan Felicita turar joy majmua g‘oyasi shu tariqa paydo bo‘ldi. Loyihani amalga oshirishdan avval Murad Buildings jamoasini bitta savol jiddiy o‘ylantirardi: qanday qilib Italiyaning kichik bir qismini Toshkentda barpo etish mumkin!? Butun MDH mamlakatlari orasida o‘zining mohir bunyodkorligi bilan dong taratgan quruvchilar ishga shay, biroq kichik Italiya loyihasi uchun bu yetarli emas edi, haqiqiy italiyalik me’mor yordamisiz bunga erishib bo‘lmasdi. Mehmon Leonardo Notssa o‘zini uzoq kuttirmadi.
“Murad Buildings taklifiga ko‘ra o‘tgan yilning yanvarida Toshkentga keldim. Men ishni birinchi navbatda Murod Nazarovning bo‘lajak loyiha haqidagi fikrlari va uning dunyoqarashi bilan yaqindan tanishdim. Shundan keyingina Felicita loyihasini amalga oshirishga jamoa bilan kirishdik”, — deydi Leonardo Notssa.
Kompaniya “Toshkentdagi kichik Italiya loyihasi” uchun munosib joyni 2 yil izladi va topdi. Qurilish ishlari ancha nozik bo‘lib, shijoatni moddiy rag‘batdan ustun qo‘yishgan bunyodkorlardan kuchli mehr, detallarga alohida e’tibor va matonat talab etdi. Felicita faqatgina nomi bilan emas, butun borlig‘i bilan Italiya muhitini o‘zida gavdalantirishi kerak edi.
6 qavatdan iborat bo‘lgan hamda 40 xonadon uchun mo‘ljallangan Felicita poytaxtning Abdulla Qahhor va Mahmud Torobiy ko‘chalari kesishmasida barpo etildi. Mazkur baxt maskanida siz 108 dan boshlab 219 kvadrat metrgacha bo‘lgan kvartiralarni topishingiz mumkin. Felicita uchun maxsus nemis kompaniyalarining eshik-romlari hamda shovqinsiz ishlaydigan yapon liftlari olib kelingan.
Murad Buildings jamoasi har safar bir-birini takrorlamaydigan imoratlarni topshirishdan zavq oladi. “Gap qancha pul topishda emas, biz uchun asosiysi o‘z mehnatimizdan va asarlarimizdan rohat olishdir”, — deydi kompaniya rahbari.
11-aprel kuni Felicita o‘zining ilk mehmonlariga haqiqiy Italiya muhitini tortiq qildi. Tadbirda Murad Buildings hamkori Audi kompaniyasi ham qatnashib, o‘zining eng so‘nggi rusumdagi avtomobillarini turar joy majmuasining zamonaviy yerosti avtoturargohda mehmonlarga namoyish etdi.
12-apreldan Felicita turar joy majmuasi eshiklari barcha uchun ochiq. Keling, ko‘ring va baho bering. Zero Murad Buildings uchun sizning har bir fikringiz ahamiyatlidir.
Otabek Mirsagatov suratlari.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)