Facebook asoschisi Mark Sukerberg AQSh Kongressida ko‘rsatma berishni yakunladi. Eshituvlar ketma-ket ikki kun davom etdi: Sukerberg qonun chiqaruvchilarning savollariga taxminan besh soat davomida javob qaytardi, deb yozadi Meduza.
Eshituvlarning birinchi kunida Sukerbergga AQSh Senatining savdo va yuridik qo‘mitasi savollar berdi. Jumladan, unga Facebook monopoliyasi, ijtimoiy tarmoq moderatorlarining siyosiy qarashlari, shuningdek, Rossiyaning AQShdagi saylovlarga aralashganligi taxmini haqida savollar berishdi. Sukerberg mazkur savollarga javob bera turib, Facebook’da “trollar fabrikasi” faoliyatiga qarshi kurashni “qurollanish poygasi” deb atadi.
Eshituvlarning ikkinchi kunida AQSh Kongressi Vakillik palatasining energetika va savdo qo‘mitasi a’zolari Sukerbergga savollar bilan murojaat qildi. Facebook asoschisi shaxsiy ma’lumotlari uchinchi shaxslar qo‘liga tushgan foydalanuvchilar qatorida ekanligi, ijtimoiy tarmoqlarni tashqi tartibga solish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaganligi va Facebook’ning terrorizmga qarshi kurashish bo‘linmasi haqida so‘zlab berdi. Bo‘linmada 200 kishi ishlashini ma’lum qildi.
Izoh (0)