Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikaning Janubiy Dakota shtatidagi bolalar bog‘chasida yosh bolalarning ustidan kulgan ikki tarbiyachi qo‘lga olindi. Bu haqda New York Post xabar bermoqda.

Foto: New York Post

Foto: New York Post

Surishtiruv fevral oyi oxirida Su-Folsdagi bolalar bog‘chasidagi tarbiyalanuvchilardan biri ota-onasiga zo‘ravonlikdan shikoyat qilgandan so‘ng boshlangan. Politsiyachilar kuzatuv kameralaridagi videoni ko‘zdan kechirdi.

Aniqlanishicha, 31 yoshli Tereza Gallaxer va 22 yoshli Kenedi Vendt kunduzi uxlayotgan bolalarga hujum qilgan. Ular bolalarni ko‘tarib, ularni polga uloqtirgan. Ayollar, shuningdek, ularni oyog‘i bilan bosib, tarbiyalanuvchilarning boshiga urgan, ba’zan esa qo‘llaridan yuqoriga keskin tortgan. Jabrlanuvchilarning barchasi uch yoki to‘rt yoshda bo‘lgan. Bu ularning sog‘lig‘iga qanday ta’sir qilganligi xabar qilinmadi.

Xodimlar 30-mart kuni hibsga olingan. Gallaxer va Vendt 25 ta zo‘ravonlik va voyaga yetmaganlarga nisbatan shafqatsizlik holatida ayblanmoqda. Ularga qanday jazo qo‘llanishi ma’lum qilinmagan. Bolalar bog‘chasi tarbiyachilari ishdan bo‘shatilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentdagi bog‘chada bolalar oyog‘iga igna tiqilgani ortidan ikki kishi jarimaga tortildi
Dunyo
Lukashenko Kaxovka GESni ukrainaliklar atay portlatganini aytdi va buning “sababini” keltirdi
Mahalliy
Toshkent viloyatida kanalda oqib ketgan 5 yoshli bolaning jasadi topildi