Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Quddusning “Xadassa Eyn-Karem” shifoxonasidan chiqdi. U 27-mart, seshanba kuni yuqori harorat va kuchli yo‘tal tufayli davolovchi shifokori tomonidan tekshirishlardan o‘tish uchun shifoxonaga yuborilgan edi. Bu haqda 28-mart kuni Isroil hukumati rahbarining devonxonasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Netanyaxu 27-mart kuni kechqurun ‘Xadassa Eyn-Karem’ shifoxonasida bir qator tibbiy tekshirishlardan o‘tdi, shundan so‘ng unga uyga ruxsat berildi. Tekshirishlar davomida yuqori nafas yo‘llarining virusli infeksiyasi aniqlandi”, — deyiladi devonxona bayonotida.
Shifokorlar vazirga dori vositalari bilan davolanish va tinchlikni tavsiya qildi.
68 yoshli Netanyaxu yahudiy davlati hukumatini 2009-yildan buyon boshqarib kelmoqda.
Izoh (0)