Ta’mirlash-profilaktika ishlari hamda bahor-yoz mavsumiga tayyorgarlik munosabati bilan Toshkent shahrining Olmazor va Shayxontohur tumanlarida 28–30-mart kunlari sovuq suv bosimi kamayadi va bir muddatga o‘chiriladi. Bu haqda “Suvsoz” korxonasi ma’lum qildi.
Ishlar 28-mart soat 9:00 dan 30-mart soat 9:00 gacha olib boriladi.
Suv o‘chirilishi va bosim pasayishining mahallalar va dahalar bo‘yicha grafigi bilan korxona saytida tanishish mumkin.
Izoh (0)