Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Fransiyalik o‘rgimchak odam” taxallusi bilan tanilgan Alen Robert 15-mart kuni hech qanday himoya vositalarisiz 187 metrli Tour Total osmono‘par binosiga chiqdi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Foto: AP

Foto: AP

55 yoshli Alen Robert bunga qadar ham Tour Total’ga chiqishga uringan, biroq unga qo‘riqchilar xalaqit berib qolgan. Bu safar esa u qo‘riqchilarni aldab o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. Robert binoni zabt etishga salkam bir soat vaqt sarfladi.

“Men uchun alpinizm — ishqibozlik, hayot tarzi”, — deydi Alan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Robert baland binolarni zabt etishni 11 yil oldin boshlagan. Bu vaqt davomida u butun dunyo bo‘ylab 150 dan ortiq o‘smono‘par binolarni, jumladan, Dubaydagi “Burj Xalifa”, Eyfel minorasini va Sidneydagi opera teatrini zabt etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi
Mahalliy
O‘zbekistonda noyabr oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Mehnati ko‘p bo‘lsa-da, maoshi kam, olgan puli halol bo‘lsin”. Jamoatchilik elektr montyorlarni olqishlamoqda