Yevroittifoqning tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini Donbassdagi ixtilofdan so‘ng Rossiya bilan hamkorlik keskin qisqarganini ma’lum qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
“Oldin Rossiya Yevroittifoqning strategik hamkori edi, hozir unday emas”, — dedi Mogerini.
Uning so‘zlariga qaraganda, Yevroittifoq va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar iliqlashishining asosiy sharti Minsk kelishuvlarining bajarilishidir.
Izoh (0)