Rossiyalik va dunyoning boshqa mamlakatlaridan bo‘lgan kosmik shifokorlar va biologlar odam tanasining radiatsiyaga chidamliligini oshirish bo‘yicha strategiyani ishlab chiqdi. Bu Quyosh tizimidagi uzoq dunyolarni o‘rganish va kosmosdagi davomiy hayotni ta’minlash uchun zarur hisoblanadi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Radiatsiyaning yuqori darajasi Marsga uchadigan ekspeditsiyalar yo‘lidagi asosiy to‘siq hisoblanadi. Curiosity apparatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Marsga ekspeditsiya davomida odam o‘lim darajasiga teng radiatsiyani olishi mumkin.

Olimlar o‘z tadqiqot ishida odamning radiatsiyaga qarshilik qilish, strees va qarilikka chidamlilik darajasini oshirish metodologiyasi haqida so‘z yuritgan.