8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarida ayollar norozilik aksiyalari uyushtirmoqda. Tadbirlar davomida hukumatga qarshi chaqiriqlar yangramoqda, deb xabar beradi EADaily.
Filippin poytaxti Manilada yuzlab ayollar prezident Rodrigo Duterte siyosatiga qarshi chiqishlar qilmoqda. Keng miqyosli aksilgiyohvandlik reydlari davomida o‘ldirilganlarning onalari va bevalari hurmati yuzasidan faollar qo‘llarida oq va qizil atirgullar bilan ko‘chalarga chiqmoqda.
Xitoyda talaba qizlar tinch namoyish uyushtirib, XXR raisi Si Szinpinning vakolat muddatiga qo‘yilgan cheklovning olib tashlanishiga qarshi norozilik bildirmoqda.
Namoyishlar Myanmada ham kuzatildi.
O‘z navbatida, Rossiyada kam sonli aksiyalar kuzatilmoqda. Jumladan, talaba qizlar erkak o‘qituvchilarning ayollarni kamsituvchi so‘zlariga qarshi norozilik bildirmoqda. Bir guruh ayollar esa deputat Slutskiyni zo‘ravonlikda ayblamoqda.
Nihoyat, Ispaniyada 8-mart ertalabki soatlaridan 24 soatlik yalpi ish tashlash boshlandi. Uning davomida mamlakatning barcha ayollaridan ishlamaslik so‘ralmoqda.
Izoh (0)