Xitoy fuqaroviy mutaxassislar qatoridan taykonavtlarni (kosmonavtlar mamlakatda shunday ataladi) tanlab olishni boshlash niyatida. Bu haqda mamlakat koinot parvozlari dasturi rahbarining o‘rinbosari Yan Livey ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti” .

Foto: “RIA Novosti”

Yangi taykonavtlar sanoat sektoridan, tadqiqot institutlari va universitetlardan tanlab olinishi mumkin.

Hozirda barcha taykonavtlar Xitoy armiyasi harbiy xizmatchilari bo‘lib, ular harbiy-havo kuchlarining sobiq uchuvchilaridir.