2017-yil boks bo‘yicha jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Shahram G‘iyosov 10-mart kuni professional ringdagi ilk jangini o‘tkazadi.
Oldinroq Shahram G‘iyosov prof boksdagi ilk shartnomasiga imzo chekkani haqida aytilgandi. Endi u o‘z janglarini boks markazi AQShda o‘tkazadi.
10-mart kuni G‘iyosovga argentinalik Nikolas Velaskes raqiblik qiladi, deb yozdi “Olamsport”. Velaskes shu kunga qadar prof boksda 12 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, shularning 10 tasida raqiblaridan ustun kelgan va 2 ta jangda imkoniyatni boy bergan. Shahram uchun esa bu jang debyut bo‘ladi.
Rio—2016 Olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan Shahram G‘iyosov qatorida Murod Ahmadaliyev ham prof ringdagi debyut jangini aynan 10-mart kuni Amerikada o‘tkazadi.
Izoh (0)