Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston vitse-chempioni “Nasaf” Chempionlar Ligasining ketma-ket ikkinchi uy uchrashuvida minimal hisobdagi g‘alabaga erishdi. Bungacha Amirliklarning “Al-Vasl” klubini taslim qilgan Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi, endi Qatarning “As-Sadd” jamoasidan ustun keldi.

Foto: OFK

Foto: OFK

Bellashuvdagi yagona gol 63-daqiqada Aziz G‘aniyev tomonidan urildi. Mehmonlar himoyachisi jarima maydonchasi ichida Bobur Abduxoliqovni qo‘pollik bilan to‘xtatib qolgach, yaponiyalik hakam qatarliklar darvozasi tomon penalti tayin qilgandi.

“As-Sadd” bungacha Xavi yetakchilik qilgan ikki o‘yinda 6 ochko ishlashning uddasidan chiqqandi. Bugun, shuningdek, Eronning “Persepolis” klubi ham Tehronda navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Forslar bunga qadar ilk turda “Nasaf” postiga javobsiz 3 ta gol urishga erishgandi.

Foto: OFK

Foto: OFK

Shu tariqa guruhda chalkash vaziyat yuzaga keldi. Ya’ni, biryo‘la uch klub hisobida 6 tadan ochko bor. Qatarliklar 2-davraning ikki o‘yinini Dohada o‘tkazish imkoniyatiga ega. “Nasaf” esa aksincha, 2 ta safar o‘yiniga boradi va faqatgina eronliklarni o‘z maydonida qabul qiladi.

Chempionlar Ligasi “C” guruhi. 3-tur 5-mart, dushanba

“Nasaf” — “As-Sadd” 1:0

Gol: Aziz G‘aniyev, 62-pen (1:0).

“Persepolis” — “Al-Vasl” 2:0

Gollar: Farshod Ahmadzoda, 36 (1:0). Ali Alipur, 41-pen (2:0).

Foto: OFK

Foto: OFK

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)