O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
2-mart kuni erta tongda Ozarbayjon poytaxti Bokudagi Respublika narkologiya markazida yong‘in kelib chiqqan, baxtsiz hodisa oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘lgan edi.
“O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-mart kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va qardosh Ozarbayjon xalqiga Boku shahrida ro‘y bergan yong‘in natijasida ko‘plab odamlarning hayotdan ko‘z yumgani munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.