Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining ilk turidan joy olgan “Neftchi” — “Nasaf” o‘yinida qarshiliklar a’zosi Doniyor Narzullayev hushidan ketib qoldi. Uchrashuv Sport-TV orqali jonli namoyish qilinayotgandi.
O‘yinning 11-daqiqasida u mezbonlar himoyachisi Doston Tursunov bilan to‘qnashib ketdi. Vaziyat sodir bo‘lishi bilan Tursunovning o‘zi unga yordam ko‘rsatishga uringan, keyin esa qolgan futbolchilar, hakam, shifokorlar va tez yordam yetib kelgan hamda jabrlanuvchi shifoxonaga olib ketilgan. “Championat.asia” nashri voqea aks etgan videoni YouTube’ga joyladi.
O‘zbekiston Superligasi start oldi. Amaldagi chempion yirik g‘alaba bilan boshladi, vitse-chempion “Nasaf” esa Farg‘onada ochko yo‘qotdi
O‘zim ham kutmay qoldim. Bunday to‘qnashuvlar futbolda bo‘lib turadi. Kechagi vaziyat esa men bilan bog‘liq birinchi qo‘rqinchli holat bo‘ldi. Doniyorga yetkazgan jarohatim uchun undan uzr so‘rayman. Biz keyin gaplashdik, uning holati yaxshi. O‘zaro suhbatda hazillashishga ham ulgurdik. Doniyor to‘g‘risi o‘sha vaziyatni eslay olmadi. Lekin u ham futbolda bu kabi to‘qnashuvlar bo‘lib turishini aytdi. Do‘stimga sog‘liq tilayman va muxlislardan ham uzr so‘ramoqchiman. Chunki barcha qandaydir soniyalar ichida tushkun kayfiyatga tushib qoldi. Men o‘sha paytdagi holatimni so‘z bilan ifodalab berolmayman. Muhimi, Doniyor o‘ziga keldi va u bilan barchasi yaxshi.
Izoh (0)