20th Century Fox kompaniyasi Marvel komikslarining navbatdagi qahramoni — Kumush Syorfer haqida film suratga olmoqchi ekanligini ma’lum qildi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.

Foto: “Korrespondent.net”

Bu qahramon avval “Fantastik to‘rtlik. Kumush Syorfer hujumi” filmida paydo bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur film kinostudiyaning mazkur yo‘nalishdagi loyihalaridan biri hisoblanadi.

Bo‘lajak filmning ssenariy muallifi yozuvchi Brayan K. Von bo‘ladi.