Rossiya xokkey terma jamoasi Pxyonchxan Olimpiadasining oltin medallarini qo‘lga kiritdi.
Finalda Germaniya termasi bilan to‘qnash kelgan rossiyalik sportchilar 4:3 hisobida zafar quchdi. Bungacha 3-o‘rin uchun bellashuvda Kanada xokkeychilari Chexiyadan ustun kelgandi — 6:4.
Rossiyalik xokkeychilar turnirni Slovakiyadan qabul qilib olingan kutilmagan mag‘lubiyat bilan boshlagandi — 2:3. Guruhning 2-turidan boshlab ular o‘ziga kela boshladi. Avvaliga Sloveniya darvozasiga 8 ta shayba urib, 8:2 hisobida ustun kelgan jamoa, keyinroq AQShga imkoniyat qoldirmadi — 4:0.
Chorak finalda Rossiya norvegiyaliklarga imkoniyat qoldirmadi — 6:1. Final ostonasida esa Chexiya taslim etildi — 3:0. Va nihoyat final o‘yinida nemislarning kuchi yetmadi.
Sobiq Ittifoq terma jamoasi o‘z tarixida 7 marta Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritgan. Rossiya termasi esa mustaqil jamoa sifatida Olimpiadalarda zafar qucha olmay kelayotgandi. Janubiy Koreyadagi bu sovrin birinchisi bo‘ldi. Eng sovrin kanadaliklarga tegishli — 9 ta.
Izoh (0)