Lannoo nashriyoti tomonidan taqdim etilgan “Tog‘ manzaralari: tabiat qo‘ynida hordiq chiqarish uchun ideal uylar” nomli kitobda sayohatchi-jurnalist Sebastyan Bedo tomonidan yig‘ilgan ajoyib kolleksiya bilan tanishish mumkin.
O‘rmonlar, suv havzalari va tog‘ cho‘qillarida joylashgan uylar — eng yaxshi hisoblanadi, ularni ijaraga olish mumkin, biroq bu arzonga tushmasligi aniq.
Insider Pro mazkur kitobdan o‘rin olgan ba’zi uylarning suratlarini taqdim etdi.
Banks yarimoroli, Yangi Zelandiya
Banks yarimorolida joylashgan Scrubby Bay House villasida bir kecha yashash 5147 dollar turadi. Uy ichida jakuzi, basseyn mavjud.
Vanaka, Yangi Zelandiya
Vanaka ko‘li va Maunt-Aspayring milliy bog‘i yaqinida joylashgan ushbu uyning ijarasi bir sutkaga 2536 dollarga teng. Olti kishidan oshgan mehmonning har biri uchun yana qo‘shimcha 45 dollardan to‘lanadi.
Leti, Hindiston
Nyu-Dehlidan avtomobil yo‘li orqali ikki kunda yetib olish mumkin bo‘lgan mazkur uyda bir kecha tunash 1916 dollar turadi. Bu yerda Himolay tog‘ining ajoyib manzaralaridan bahramand bo‘lish mumkin.
Joaja, Avstraliya
Yangi Janubiy Uelsning janubiy qismida joylashgan ushbu mehmonxonada bir kecha tunash 1317 dollar turadi
Topanga, Kaliforniya
Saddle Peak House — Tinch okeani yaqinida joylashgan uy. Uning ichidan to‘rtta yotoqxona mavjud bo‘lib, bu yerda bir sutka yashash uchun “atigi” 1120 dollar to‘lash kerak.
Matugama, Shri-Lanka
Matugamadagi The Ark nomli uyda olti kishining bir kecha tunashi 1445 dollarga tushadi.
Vals, Shveysariya
Shveysariyaning ovloq hududida joylashgan Vals villasida bir kecha tunash 672 dollarni tashkil etadi. Umuman olganda bu yerdagi narxi yil mavsumga qarab haftasi uchun 2569 dollardan 4710 dollargacha o‘zgarib turadi.
Bolsano, Italiya
Bolsanodagi Mirror House uyida to‘rt kishining bir kecha yashashi 551 dollarga teng.
Izoh (0)