O‘zA Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani hududida joylashgan qadimiy va o‘rta asrlar yodgorligi — Ayozqal’a qo‘rg‘oni manzaralari aks etgan suratlarni taqdim etdi.
Ayozqal’a – uch yodgorlikdan iborat. Tabiiy tepalik ustida joylashgan Ayozqal’a-1 qo‘rg‘oni miloddan avvalgi IV—III asrlarda qurilgan.
Ayozqal’a-2 qo‘rg‘oni VII asrning ikkinchi yarmi va VIII asr boshlariga tegishli bo‘lib, XIII asrda uning bir qismidan turar joy sifatida foydalanilgan. Hozir bu joyda “Ayozqal’a” turistik kempingi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Izoh (0)