Buxoro shahrida ilk bor sayyohlar havo sharida parvoz qildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Mazkur tashabbus qo‘mita tomonidan O‘zbekiston aeronavtika federatsiyasi va tijorat banklari bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Loyiha sayyohlarni jalb etish uchun foydalaniladigan yana kamida 4 ta aerostat xarid qilinishini ko‘zda tutadi. Yil oxirigacha ularning soni 10 taga yetishi mumkin. Hozirda bu masalada banklar bilan muzokaralar olib borilayotgani bildirilmoqda.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Havo shari qadim Buxoroning 100 metr balandlikdan tomosha qilish va betakror suratlar olish imkonini beradi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Aeronavtika federatsiyasi raisi Tohir Soliyevga ko‘ra, joriy yil aprel oyida O‘zbekistonga tarkibida 4 nafar uchuvchi bo‘lgan Xalqaro aviatsiya federatsiyasidan delegatsiya kelishi kutilmoqda. Ular ilk bor Samarqand va Buxoro ustidan uchib o‘tishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, sentyabrda Jizzax viloyatining Zomin tumanida havo sharlari xalqaro festivali ham bo‘lib o‘tadi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati