Pxyonchxan Olimpiadasining ochilish marosimida O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarib chiqqan Komil To‘xtayev gigant slalom bellashuvlarida chiqish qildi.
Olimpiadada 17-o‘rinni egallagan Misha Ge Jahon Chempionatida natijasini yaxshilashi haqida aytdi
Tog‘ chang‘isini sport turida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan To‘xtayev ilk urinishida 1:17,72 vaqtli natija ko‘rsatdi va 60-o‘rindan joy oldi. Uning ikkinchi urinishi esa 1:18,72 bo‘ldi.Gigant slalomda jami 75 nafar sportchi ishtirok etgandi. Komil To‘xtayev ular orasida 52-pog‘onani qo‘lga kiritdi. Tog‘ chang‘isining mazkur turida chempion bo‘lgan avstraliyalik Marsel Xisher o‘zbekistonlik sportchidan 17,95 soniya tezroq harakat qilgandi.
“Olamsport” nashrining xabar berishicha, To‘xtayevning navbatdagi chiqishi 22-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. 21 yoshli sportchi Yongpyong Alpine Centre sport majmuasida tog‘ chang‘isining slalom turida o‘z omadini sinab ko‘radi.
Izoh (0)