Gruziyaning sobiq prezidenti va ukrainalik muxolif siyosatchi Mixail Saakashvilining minglab tarafdorlari Kiyev ko‘chalariga chiqdi. Ular Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning iste’fosini talab qilmoqda, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Tartib-intizomni saqlab turgan politsiya vakillarining hisob-kitoblariga qaraganda, marshda bir necha ming kishi ishtirok etmoqda.
Marshda Saakashvilining o‘zi ishtirok etmayapti, negaki oldinroq Ukraina rasmiylari uni Polshaga chiqarib yuborgan edi. Ayni paytda u Niderlandiyada o‘rnashdi.
Izoh (0)