Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 12-bolalar musiqa va san’at maktabida yosh iste’dod sohiblarining ijodiy kamoloti uchun barcha sharoit yaratilgan, deb yozadi O‘zA.
San’at dargohida 480 ga yaqin o‘g‘il-qiz fortepyano, torli cholg‘ular, xalq cholg‘ulari, milliy sozandalik, tasviriy va amaliy san’at, teatr san’ati kabi 13 yo‘nalishda saboq olmoqda. Nurmuhammad Tolemisov, Mamanbiy Jumaboyev, Muyassar Davlatboyeva, Farida Doniyorova, Ilyos Yesbosinov, Shohsanam Akimniyozova singari o‘quvchilar mahorati nufuzli tanlov va festivallarda e’tirof etilmoqda.
Izoh (0)