Bugun — 12-fevral kuni Osiyo qit’asi klublarining eng nufuzli musobaqasi — Chempionlar Ligasining guruh bosqichi start oladi.
Mazkur turnirda O‘zbekiston chempioni “Lokomotiv” hamda vitse-chempion “Nasaf” ishtirok etadi. Shuningdek, Server Jeparov Eronning “Istiqlol” va Odil Ahmedov Xitoyning “Shanxay SIPG” klublari safida Chempionlar Ligasida to‘p suradi.
“Lokomotiv” O‘zbekiston chempioni sifatida guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olgandi. “B” guruhida “temiryo‘lchilar”ga Qatarning “Al-Duhayl”, Amirliklarning “Al-Vahda”, Eronning “Zob Ahon” klublari raqiblik qiladi. O‘zbekiston chempioni guruh bosqichini uy o‘yini bilan boshlaydi va uy o‘yini bilan yakunlaydi.
Ayni vaqtda Toshkentda Amirliklarning “Al-Vahda” klubi mehmon bo‘lib turibdi. Bugun Toshkent vaqti bilan 16:00 da mazkur klub “Lokomotiv”ga qarshi saf tortadi. “Lokomotiv” stadionida o‘tadigan o‘yin Sport-TV kanalida jonli namoyish etiladi. Bellashuvni yaponiyalik hakam Tojo Minoru boshqarib boradi.
Chempionlar Ligasi “B” guruhi. 1-tur 12-fevral, dushanba
“Lokomotiv” — “Al-Vahda”“Al-Duhayl” — “Zob Ahon”
Izoh (0)